Mashhur Muhammad - Rashk Pro Max текст песни
(Слова песни: Rashk Pro Max - Mashhur Muhammad)
Sevgilim sen gulim lolayi anbarim
Hammadan dilbarim, hammadan lobarim
Sen yonimda bo‘lsang mazmunli kunlarim
Gar yiroqda yursang uyqusiz tunlarim
Men uchun o‘zingni asragin har qachon
Begona nigohlar tushmasin sen tomon
Muhabbat otashin yondirar beomon
Ishq azobidan ham rashk azobi yomon
Senga tushmasin deb begona nigoh
Yoningda qoyadek turgim keladi
Seni yeru ko‘kka ishonmay ey voh
Cho‘ntagimga solib yurgim keladi
Qo‘zg‘olon qo‘zg‘alar nogohon yurakda
Yorini rashk qilish iymondan darakda
Qizg‘onchiq odam deb malomat qilganlar
Mendayin sevishni bilmasa kerakda
Vafoli yorim bo‘l, vafodoring bo‘lay
Bir umr yoningda madadkoring bo‘lay
Malham bo‘l xajringda dard chekkan dilimga
Har qanday dardinga men ham boring bo‘lay
Senga tushmasin deb begona nigoh
Yoningda qoyadek turgim keladi
Seni yeru ko‘kka ishonmay ey voh
Cho‘ntagimga solib yurgim keladi
Senga tushmasin deb begona nigoh
Yoningda qoyadek turgim keladi
Seni yeru ko‘kka ishonmay ey voh
Cho‘ntagimga solib yurgim keladi